Abstract
Ushbu maqolada ispan va o'zbek tillarining gastronomik leksikasi qiyosiy- lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot mobaynida ikkala tildagi ovqat va taom nomlari, ularning etimologiyasi, milliy-madaniy xususiyatlari hamda tarjima jarayonidagi o'ziga xos muammolari ko'rib chiqiladi. Gastronomik leksika — bu faqat so'zlar majmuasi emas, balki xalqning tarixi, turmush tarzi, iqlimi va qadriyatlarini aks ettiruvchi lingvomadaniy hodisadir. Maqolada transkriptsiya, transliteratsiya, kalkalash, funksional analog, tavsiflama tarjima va qarz olish kabi tarjima usullari gastronomik atamalar misolida tahlil qilinadi. O'zbek va ispan gastronomik leksikasining umumiy hamda farqli jihatlarini aniqlash maqsadida kontrastiv tahlil metodidan foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ispan tilidan o'zbek tiliga gastronomik atamalarni tarjima qilishda ekvivalentsizlik hodisasi keng tarqalgan bo'lib, bu ekzotizmlar, kulturemalar va lakunalar shaklida namoyon bo'ladi. Maqola filologiya, lingvokulturologiya va tarjimashunoslik sohasidagi tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
1. Barkhudarov, L.S. (1975). Yazyk i perevod: Voprosy obshchey i chastnoy teorii perevoda.
Moskva: Mezhdunarodnye otnosheniya. 2. Komissarov, V.N. (1990). Teoriya perevoda (lingvisticheskie aspekty). Moskva: Vysshaya shkola. 3. Vorobyov, V.V. (1997). Lingvokulturologiya: Teoriya i metody. Moskva: RUDN. 4. Sapir, E. (1993). Izbrannye trudy po yazykoznaniyu i kulturologii. Moskva: Progress. 5. Real Academia Española. (2014). Diccionario de la lengua española (23. ed.). Madrid: Espasa. 6. Mirzaev, T. va Safarov, Sh. (2002). O'zbek tili leksikologiyasi. Toshkent: O'qituvchi. 7. Newmark, P. (1988). A Textbook of Translation. New York: Prentice Hall.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.