“Sud tibbiyotida yangi kun” — sud tibbiyoti va unga aloqador fanlarning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy-referativ va rasmiy ekspertiza jurnali hisoblanadi. Jurnalda sud-tibbiy ekspertiza, sud patologiyasi, toksikologiya, sud psixiatriyasi, kriminalistika, sud biologiyasi, klinik sud tibbiyoti, huquqiy-axloqiy masalalar va tibbiy-ekspert xulosalariga oid maqolalar chop etiladi.
Jurnal sud-tibbiyot mutaxassislari, shifokorlar, yuristlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, ilmiy tadqiqotchilar va tibbiy-ekspertiza tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. U zamonaviy ilmiy yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar, tashxislash usullari va xalqaro tajribani o‘zida jamlaydi.