Abstract
Mazkur maqolada yurak, qon aylanish doiralari, aorta va umumiy uyqu arteriyasining odam organizmidagi morfofunksional ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi. Yurak-qon tomir tizimi tirik organizmda kislorod, oziq moddalar, gormonlar va metabolizm mahsulotlarini tashish, to‘qimalar homeostazini saqlash hamda arterial bosimni boshqarishda asosiy tizimlardan biri hisoblanadi. Yurak to‘rt kamerali mushak organ bo‘lib, o‘ng va chap bo‘limlari mos ravishda kichik va katta qon aylanish doiralariga xizmat qiladi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.