“RSHTYOM Surxondaryo filiali Axborotnomasi” – shoshilinch tez tibbiy yordam tizimining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy jurnal bo‘lib, tibbiy xodimlar, olimlar va amaliyotchi mutaxassislar uchun ilmiy axborot maydoni sifatida xizmat qiladi. Jurnal sahifalarida shoshilinch tibbiy yordamni tashkillashtirish, klinik amaliyotdagi dolzarb muammolar, yangi tashxis va davolash usullari, pre-gospital va gospital bosqichdagi algoritmlar hamda sifat menejmenti masalalari yoritiladi. Shuningdek, klinik holatlar tahlili, metodik qo‘llanmalar, zamonaviy trening texnologiyalari, tibbiy statistik ko‘rsatkichlar va xalqaro tajribaga asoslangan ilmiy maqolalar chop etiladi.