Abstract
Nekrotik enterokolit (NEK) chala tug‘ilgan va tana vazni juda past bo‘lgan chaqaloqlarda uchraydigan, yuqori darajadagi kasallanish va o‘lim bilan kechuvchi og‘ir gastrointestinal patologiyalardan biridir. Kasallik patogenezida ichak devorining yetilmaganligi, mikrobiota disbalansi, mahalliy immun javobning buzilishi, gipoksiya ishemiya va yallig‘lanish mediatorlarining faollashuvi muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, interleykinlar kabi pro- va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning nomutanosib ishlab chiqarilishi ichak shikastlanishining kuchayishi hamda kasallikning og‘ir kechishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.