Abstract
Bolalar jarrohligida jarrohlik amaliyotini rejalashtirish va jarrohlik amaliyotidan keyingi davrni boshqarish ko'p jihatdan jarrohning shaxsiy tajribasiga tayanadi, bu esa klinikalar va mutaxassislar o'rtasida sezilarli farqlarga olib keladi. yoshi chaqaloqlikdan o'smirlikkacha bo'lgan keng oraliqni qamrab olishi, og'riq va asoratlarni baholashning qiyinligi bu muammoni yanada chuqurlashtiradi. Sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari klinik ob'ektivlashtirish, xavflarni oldindan bashorat qilish va har bir bemorga individual yondashuvni ta'minlash imkoniyatini yaratmoqda.