Abstract
Tezisda Surxondaryo viloyati davlat arxivining 77-fondidagi toʻrtta yigʻmajild asosida 1950–1954-yillarda viloyatda tugʻruqqa yordam xizmatining holati koʻrib chiqiladi. Tugʻruq boʻlimlariga murojaat toʻrt yilda bir necha barobar oshgani, biroq qishloqda tibbiy yordam bilan oʻtgan tugʻruqlar 1952-yilda atigi 24–25 foizni tashkil etgani koʻrsatiladi. Bu tafovutning sabablari — transport, kolxoz tugʻruqxonalarining ahvoli va akusherka kadrlarining yetishmasligi — hujjatlarning oʻz tili bilan ochib beriladi.
References
1. Муминова Г. Э. Медицина и здравоохранение Узбекистана: проблемы и последствия (1946–1990 гг.) (на примере южных областей Узбекистана): автореф. дисс. … канд. ист. наук. — Ташкент, 2000.
2. Xujanazarov A. Z. Oʻzbekistonda tibbiyot tizimi taraqqiyoti: natijalar va tahlillar (Surxondaryo viloyati misolida, 1991–2020 yy.): tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoreferati. — Termiz, 2023.