Abstract
Homilador ayol sog’ligi nafaqat O’zbekiston, balki umumjahon mamlakatlarining tibbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’gan dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki bu nafaqat onada, shu bilan birga bolada ham turli kasalliklar, og’ir asoratlar hamda nogironlik sonining ko’payishiga olib keladi. "Homiladorlik davrida ayol organizmida jiddiy fiziologik va gematologik o‘zgarishlar (aylanib yuruvchi qon hajmining ortishi, gemodilyutsia va h.k.) kuzatiladi. So‘nggi yillarda umumiy aholi uchun mo‘ljallangan standart laboratoriya me’yorlari (referens intervallari) homilador ayollar uchun qoniqarli emasligi, bu esa asossiz davolash yoki aksincha, yashirin patologiyalarni (masalan, temir tanqisligi anemiyasi, trombotsitopeniya) vaqtida aniqlamaslikka olib kelayotgani kuzatilmoqda. Shu sababli, homiladorlik uch oyliklari (trimestrlar) bo‘yicha gematologik o‘rsatkichlarning aniq referens intervallarini takomillashtirish va zamonaviy diagnostika algoritmlarini ishlab chiqish zamonaviy akusherlik va gematologiyaning dolzarb vazifasi hisoblanadi."