Abstract
Metabolik sindrom zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, uning tarkibiy qismlari — semirish, insulin rezistentligi, giperglikemiya, dislipidemiya va arterial gipertenziya — nafaqat ona organizmining, balki homila va keyingi avlod salomatligining shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ona organizmidagi metabolik buzilishlarning homila rivojlanish davridan boshlab yurak-qon tomir tizimiga ta’sir etishi va keyinchalik yurak patologiyalariga moyillikni shakllantirishi fetal dasturlanish konsepsiyasi nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega.