Open Access · Peer Reviewed
PDF
DOI

Keywords

ona konsepti
maqol
semantik maydon
paremiologiya
lingvokulturologiya

How to Cite

INGLIZ VA O‘ZBEK PAREMIOLOGIK BIRLIKLARIDA “ONA” OBRAZINING SEMANTIK QAMROVI. (2026). "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" Nomli Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 4(5), 1016-1021. https://www.universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/view/18991

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek maqollarida “ona” konseptining semantik maydoni qiyosiy-lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqollarda ona obrazi xalq tafakkuri, milliy qadriyatlar, axloqiy qarashlar, oilaviy munosabatlar va tarbiyaviy tajribaning muhim ifodachisi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbek paremiologiyasida “ona” konsepti, avvalo, mehr, fidoyilik, tarbiya, duogo‘ylik, hayot manbai, oila markazi va farzand taqdiriga mas’ullik kabi semantik belgilar orqali ochiladi. “Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dalada”, “Ona bilan bola – gul bilan lola”, “Ona – daraxt, bola – meva” kabi maqollar ona va farzand o‘rtasidagi ruhiy yaqinlik, tabiiy bog‘liqlik va tarbiyaviy munosabatni ifodalaydi. Ingliz maqollarida esa “mother” konsepti ko‘proq oilaviy o‘xshashlik, avlod davomiyligi, tarbiya ta’siri, mehr va ma’naviy tayanch semalari orqali namoyon bo‘ladi. “Like mother, like daughter”, “The hand that rocks the cradle rules the world”, “A mother’s love never grows old” kabi birliklar ona obrazining jamiyat, avlod va shaxs shakllanishidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy, semantik va lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda “ona” konsepti universal insoniy qadriyatlarni ifodalasa-da, uning milliy-madaniy talqinida ayrim farqlar mavjud. O‘zbek maqollarida ona obrazi ko‘proqmuqaddaslik, duogo‘ylik va oilaviy birdamlik bilan bog‘lansa, ingliz maqollarida tarbiya, ijtimoiy ta’sir va shaxsiy mustaqillik jihatlari kuchliroq ko‘zga tashlanadi. Shu bois “ona” konsepti ikki xalq paremiologik fondida ham markaziy lingvokulturologik birlik sifatida baholanadi.

PDF
DOI

References

1. Dundes A. The Wisdom of Many: Essays on the Proverb. – New York: Garland Publishing, 1981.

2. Karasik V. I. Yazykovoy krug: lichnost, kontsepty, diskurs. – Volgograd: Peremena, 2002. – 477 s.

3. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980. – 242 p.

4. Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab. – Toshkent: Fan, 2012.

5. Mieder W. Proverbs: A Handbook. – Westport: Greenwood Press, 2004. – 304 p.

6. Norrick N. R. How Proverbs Mean: Semantic Studies in English Proverbs. – Berlin: Mouton, 1985. – 213 p.

7. Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. – 286 b.

8. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. Hikmatnoma: O‘zbek maqollarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston Sovet Ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi, 1990

9. Taylor A. The Proverb. – Cambridge, Massachusetts: Harvard University Press, 1931. – 223 p.

10. Wierzbicka A. Understanding Cultures through Their Key Words: English, Russian, Polish, German, and Japanese. – Oxford: Oxford University Press, 1997. – 317 p.

11. O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989.

12. Preston T. A Dictionary of English Proverbs and Proverbial Phrases: With a Copious Index of Principal Words. – London: Whittaker & Co., 1880

Indexed In · Partners

Trusted by Global Scientific Indexing Services

JUSR is indexed and recognized by leading international databases and research integrity organizations.