Open Access · Peer Reviewed
PDF
DOI

Keywords

ichak mikrobiotasi

How to Cite

ICHAK MIKROBIOTASI VA INSULINREZISTENTLIK: ZAMONAVIY PATOGENETIK MEXANIZMLAR VA KLINIK AHAMIYATI. (2026). Yangi O’zbekistonda Tabiiy Va Ijtimoiy-Gumanitar Fanlar Respublika Ilmiy Amaliy Konferensiyasi, 4(10), 111-113. https://www.universalpublishings.com/index.php/gumanitar/article/view/20968

Abstract

So‘nggi yillarda ichak mikrobiotasi metabolik salomatlikni belgilovchi muhim biologik tizim sifatida keng o‘rganilmoqda. Inson organizmida yashovchi trillionlab mikroorganizmlar nafaqat ovqat hazm qilish jarayonlarida, balki energiya almashinuvi, immun javob, yallig‘lanish reaksiyalari va glyukoza gomeostazini boshqarishda ham faol ishtirok etadi. Ushbu maqolada ichak mikrobiotasi va insulinrezistentlik o‘rtasidagi bog‘liqlikning zamonaviy patogenetik mexanizmlari tahlil qilindi. Adabiyotlar sharhi natijalari disbioz holati ichak to‘sig‘i funksiyasining buzilishi, metabolik endotoksemiya, surunkali past darajadagi yallig‘lanish va insulin signalizatsiyasining izdan chiqishi bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatdi. Shuningdek, qisqa zanjirli yog‘ kislotalari ishlab chiqaruvchi bakteriyalar sonining kamayishi insulin sezuvchanligining pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Epidemiologik tadqiqotlar ichak mikrobiotasi tarkibidagi o‘zgarishlar semizlik, prediabet va 2-tip qandli diabet rivojlanish xavfini oshirishini tasdiqlaydi. Zamonaviy ilmiy dalillar probiotiklar, prebiotiklar va mikrobiota yo‘naltirilgan dietoterapiya insulinrezistentlik profilaktikasi hamda davolashning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatmoqda

PDF
DOI

References

1.International Diabetes Federation. IDF Diabetes Atlas. 10th Edition. Brussels, 2024.

2. Fan Y., Pedersen O. Gut microbiota in human metabolic health and disease. Nat Rev Microbiol. 2021.

3 Gurung M., et al. Role of gut microbiota in type 2 diabetes pathophysiology. EBioMedicine. 2020.

4. Vujkovic-Cvijin I., et al. Dysbiosis and insulin resistance: systematic review. Cell Metabolism. 2022.

5. Blaut M. Gut microbiota and energy balance. Nutrition Reviews. 2021.

6. Cani P.D. Metabolic endotoxemia and obesity. Nat Rev Endocrinol. 2023.

7.Tilg H., Moschen A.R. Microbiota and diabetes. Gut. 2022.

8. Zhang Y., et al. Probiotics and insulin sensitivity: Meta-analysis. Frontiers in Nutrition. 2024

Indexed In · Partners

Trusted by Global Scientific Indexing Services

JUSR is indexed and recognized by leading international databases and research integrity organizations.