Abstract
Ushbu maqolada Naqshbandiylik ta’limoti, undagi mehnatsevarlik, halollik, mas’uliyat, faol hayotiy pozitsiya va ijtimoiy foydalilik g‘oyalari yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Naqshbandiylikda keng tarqalgan “Dil ba Yor-u, dast ba kor” tamoyili inson qalbining ma’naviy poklikka, qo‘lining esa halol mehnatga yo‘naltirilishini anglatadi. Mazkur g‘oya yoshlarni jamiyatdan chekinishga emas, balki ilm olish, kasb egallash, halol rizq topish, oila, mahalla va Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatli faoliyat yuritishga da’vat etadi. Maqolada Naqshbandiylikning axloqiy-ma’naviy mazmuni O‘zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati, uzluksiz ma’naviy tarbiya vazifalari va zamonaviy ta’lim jarayonidagi tarbiyaviy ehtiyojlar bilan bog‘lab yoritiladi. Shuningdek, yoshlar orasida loqaydlik, iste’molchilik kayfiyati, oson daromadga intilish, kasbiy mas’uliyatsizlik va ijtimoiy befarqlik kab muammolarning oldini olishda Naqshbandiylikdagi halol mehnat konsepsiyasidan foydalanish imkoniyatlari asoslab beriladi.References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-406-son. 2016-yil 14-sentabr
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son qarori. 2019-yil 31-dekabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son qarori. 2021-yil 18-yanvar.
4. Komilov N. Tasavvuf. Birinchi kitob. Toshkent: Yozuvchi, 1996.
5. Komilov N. Tasavvuf. Ikkinchi kitob. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1999.
6. Haqqul I. Tasavvuf va she’riyat. Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991.
7. Jo‘rayev N. Ma’naviyat asoslari va milliy tarbiya. Toshkent: Ma’naviyat, 2017.
8. Quronov M. Milliy tarbiya. Toshkent: Ma’naviyat, 2007.
9. Bahouddin Naqshband ta’limotida “Dil ba Yor-u, dast ba kor” g‘oyasining mazmuni. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi materiallari.
10. Algar H. Bahāʾ-al-Dīn Naqšband. Encyclopaedia Iranica.