Abstract
Ushbu tezisda yengil avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida yoqilg‘i sarfiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Avtomobilning yoqilg‘i tejamkorligi faqat dvigatel konstruksiyasi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan texnik ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘lmay, balki texnik holat, haydash uslubi, yo‘l sharoiti, shina bosimi, yuklanish darajasi, iqlimiy omillar va texnik xizmat ko‘rsatish sifati bilan ham bevosita belgilanadi. Tezisda yengil avtomobilning real ekspluatatsion sharoitdagi yoqilg‘i sarfini kamaytirish yo‘llari, texnik xizmat ko‘rsatish madaniyati va haydovchining boshqaruv intizomi bilan bog‘liq amaliy jihatlar yoritilgan.
References
1. Hamraqulov O., Magdiyev Sh. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2005.
2. Qodirov S.M., Salimov O.U., Proskurin A.I. Dvigatellar va avtomobil nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1981.
3. Qodirov S.M., Nikitin S.Ye. Avtomobil va traktor dvigatellari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
4. Xamraqulov A., Nazarkulov Ya.P., Magdiyev Sh.P., Qodirshoev T. Avtomobillar servisi asoslari. – Toshkent: Fan, 2007.
5. Musajonov M.Z. Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2013.