Open Access · Peer Reviewed
PDF
DOI

How to Cite

ME’DA YARASI KASALLIKLARIDA ORGANIZMDA SITOKINLAR TIZIMIDAGI PATOGENETIK O‘ZGARISHLAR VA ULARNI O‘RGANISH. (2026). FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI, 3(5), 60-61. https://www.universalpublishings.com/index.php/fan/article/view/19153

Abstract

Me’da yarasi kasalligi ovqat hazm qilish tizimining eng keng tarqalgan surunkali kasalliklaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishida Helicobacter pylori infeksiyasi, nerv-endokrin tizim faoliyatining buzilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress omillari va immun tizimdagi o‘zgarishlar muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda kasallik patogenezida immun-yallig‘lanish mexanizmlarining o‘rni tobora ko‘proq o‘rganilmoqda. Ayniqsa, sitokinlar tizimidagi o‘zgarishlar me’da shilliq qavatida yallig‘lanish, destruksiya va regeneratsiya jarayonlarini boshqaruvchi asosiy omillardan biri sifatida qaralmoqda. Proinflamator sitokinlar (IL-1β, IL-6, IL-8 va TNF-α) miqdorining oshishi yallig‘lanish jarayonlarining faollashishiga va yara defektining chuqurlashishiga olib keladi. Aksincha, antiinflamator sitokinlar (IL-4 va IL-10) organizmning himoya mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlab, regeneratsiya jarayonlarini rag‘batlantiradi. Shu sababli sitokinlar tizimidagi patogenetik o‘zgarishlarni o‘rganish me’da yarasi kasalligining rivojlanish mexanizmlarini aniqlash, diagnostika va davolash samaradorligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
PDF
DOI
Indexed In · Partners

Trusted by Global Scientific Indexing Services

JUSR is indexed and recognized by leading international databases and research integrity organizations.