Open Access · Peer Reviewed
PDF
DOI

Keywords

Surxondaryo viloyatida homilador ayollarda patologik vazn ortishining akusherlik va perinatal asoratlar bilan bog‘liqligini o‘rganish hamda profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish.

How to Cite

HOMILADORLIK VAQTIDA PATALOGIK VAZN ORTISHI: AKUSHERLIK VA PERINATAL ASORATLAR (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA). (2025). FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI, 2(10), 71-72. https://www.universalpublishings.com/index.php/fan/article/view/15541

Abstract

Homiladorlik davrida tana vaznining ortishi fiziologik jarayon bo‘lib, ona organizmining homilani rivojlantirishga moslashuvi bilan bog‘liq. Biroq tana vaznining me’yoridan ortiqcha oshishi patologik holat hisoblanib, akusherlik va perinatal asoratlar rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik homilador ayollarda arterial gipertenziya, preeklampsiya, gestatsion qandli diabet, tug‘ruq faoliyatining sustligi hamda perinatal o‘lim ko‘rsatkichlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Surxondaryo viloyati demografik jihatdan aholi zichligi yuqori bo‘lgan, tug‘ilish ko‘rsatkichlari nisbatan baland hududlardan biri hisoblanadi. Viloyatda reproduktiv yoshdagi ayollarning salomatligi, homiladorlikni olib borish sifati va perinatal xizmatlar samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Aholining ovqatlanish madaniyati, kamharakat turmush tarzi, metabolik buzilishlar va homiladorlikdan oldingi ortiqcha vazn patologik vazn ortishining asosiy xavf omillari hisoblanadi

PDF
DOI
Indexed In · Partners

Trusted by Global Scientific Indexing Services

JUSR is indexed and recognized by leading international databases and research integrity organizations.