Abstract
Ushbu tadqiqotda maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlarida ko‘p tillilik kompetensiyasini shakllantirishga ta’sir etuvchi psixolingvistik omillar o‘rganiladi. Ko‘p tillilik nafaqat lingvistik bilimlar, balki psixologik tayyorgarlik, madaniy tafakkur va muloqot strategiyalarining uyg‘unligiga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim rahbarlarining til kompetensiyasini shakllantirishda motivatsiya, til o‘rganishdagi psixologik to‘siqlar, kommunikativ ehtiyojlar va shaxsiy ijtimoiy tajriba muhim omillar sifatida ko‘riladi. Shuningdek, psixolingvistikaning asosiy yondashuvlari asosida ko‘p tillilikni rivojlantirishning samarali metodlari, muassasa rahbarlari uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda integratsiyalashgan o‘quv-muhitning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ko‘p tillilik kompetensiyasining mustahkamlanishi ta’lim sifatiga va rahbarlarning ijtimoiy-tilshunoslik salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.
References
1. Abdullayeva, G. T. Psixolingvistika asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – B. 35–76.
2. Omonov, M. Ko‘p tillilik va ta’lim: metodik yondashuvlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021. – B. 22–45.
3. Safarov, R. Til kompetensiyasini shakllantirishning psixologik asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020. – B. 58–83.
4. Karimova, Z. Maktabgacha ta’lim muassasalarida boshqaruv tizimi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2022. – B. 19–51.
5. G‘aniyeva, M. Kommunikativ kompetensiya va rahbar malakasi. // "Pedagogik ta’lim" jurnali. – 2021, №4. – B. 74–80.
6. Xamidova, D. Xalqaro tajriba asosida ko‘p tillilikni rivojlantirish. // "Til va madaniyat" ilmiy jurnali. – 2020, №2. – B. 60–66.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.