Abstract
Ushbu maqolada aqli zaif boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ aloqalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Kommunikativ aloqalarning bolaning nutqiy, ijtimoiy va hissiy rivojlanishidagi o‘rni, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning diqqatining tarqoqligi, tez charchashi, hissiy ta’sirchanligi, ko‘rgazmali obrazli tafakkurining ustunligi kabi xususiyatlarning muloqot jarayoniga ta’siri ko‘rsatib berilgan. Maqolada kommunikativ aloqalarni shakllantirishda o‘yin, rolli mashg‘ulotlar, didaktik materiallar, piktogrammalar, interfaol mashqlar, ijodiy topshiriqlar hamda pedagogning ijobiy kommunikativ aloqalaridan foydalanish yoritilgan.
References
1. Pulаtоvа, M. "Оligоfrenоpedаgоgikа". – T.: G‘.G‘ulоm nаshriyоti, 2005.
2. Xаmidоvа, M. U. "Mаxsus pedаgоgikа". – T.: Fаn vа texnоlоgiyа, 2020.
3. Mо‘minоvа, L., Аmirsаidоvа, Sh., Xаmidоvа, M., Djаlоlоvа, Z., Аbidоvа, N. "Mаxsus psixоlоgiyа". – T.: Fаn vа texnоlоgiyаlаr mаrkаzi, 2013.
4. Аbidоvа, N. Z., Xоdjаbekоvа, S. А. Аqli zаif о‘quvchilаrning nutqiy fаоlligini rivоjlаntirish "Innоvаtsii v pedаgоgike i psixоlоgii". – 2021. – T. 4. – № 8.
5. Xоdjаbekоvа, S. А. О‘quvchilаr nutqiy fаоlligini rivоjlаntirish yо‘llаri "Inklyuziv tа’lim: strаtegiyа, fаn, аmаliyоt vа texnоlоgiyаlаr". – T., 2021.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.