Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida boshlangʻich ta’lim tizimini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari hamda uzluksiz pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi talabalarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilib, uning asosiy komponentlari — intellektuallik, psixomotorli faoliyat, kommunikativlik, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda innovatsion tafakkur kabi tarkibiy qismlari tavsiflangan. Maqolada klaster yondashuvining ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, amaliyotga yoʻnaltirilgan ta’lim muhitini yaratishdagi oʻrni hamda raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashdagi imkoniyatlari asoslab berilgan
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan.
2. Galichin, V. A. Ta'lim xizmatlarining xalqaro bozori: asosiy xususiyatlar va rivojlanish tendentsiyalari / V. A. Galichin // Globallashuv asri. - 2013. - No 2. - B.101-112.
3. Avrorov, M. - "Ta'lim to'g'risida qonun va uning amaldagi ahamiyati" // O‘zbekiston ta'limi, 2020.
4. G'aniev, J. - "Uzluksiz pedagogik ta'lim: muammolar va istiqbollar" // Pedagogika va metodika, 2021.
5. Xodjanazarov, R. - "Pedagog kasbiy kompetentligi: nazariy asoslar va amaliyot" // Ta'lim va innovatsiyalar, 2022.
6. Murodov, B. - "Kasbiy kompetentlik: tushuncha, tarkib va rivojlanish" // Ta'lim muammolari, 2019.
7. Abdullajev, S. - "O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini boshqarish" // O‘zbekiston pedagogika jurnali, 2020.
8. Saidova, D. - "Zamonaviy ta'lim talablari va pedagogik yondashuvlar" // Ta'lim nazariyasi, 2021.
9. Yusufov, A. - "Dunyo ta'limiga yondashuvlar: taqqoslash va tahlil" // Ta'lim va rivojlanish, 2018.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.