Abstract
Ushbu tezisda yengil avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida yoqilg‘i sarfiga ta’sir etuvchi asosiy texnik va tashkiliy omillar tahlil qilingan. Avtomobilning yoqilg‘i sarfi faqat dvigatel quvvati yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan me’yorlarga bog‘liq bo‘lmay, balki real foydalanish sharoitida dvigatelning texnik sozligi, shina bosimi, haydash uslubi, yo‘l sharoiti, yuklanish darajasi, harakat tezligi, iqlimiy muhit va texnik xizmat ko‘rsatish sifati bilan belgilanadi. Tezisda yoqilg‘i sarfini kamaytirishda avtomobilning texnik holatini muntazam nazorat qilish, ravon boshqaruv uslubini shakllantirish va servis intizomiga rioya qilish muhimligi asoslangan.
References
1. Hamraqulov O., Magdiyev Sh. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2005.
2. Qodirov S.M., Salimov O.U., Proskurin A.I. Dvigatellar va avtomobil nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1981.
3. Qodirov S.M., Nikitin S.Ye. Avtomobil va traktor dvigatellari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
4. Xamraqulov A., Nazarkulov Ya.P., Magdiyev Sh.P., Qodirshoev T. Avtomobillar servisi asoslari. – Toshkent: Fan, 2007.
5. Musajonov M.Z. Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2013.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.