Abstract
Maqolada sun’iy intellektning, xususan generativ sun’iy intellektning mehnat bozori va iqtisodiy o‘sishga ta’siri rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi asosida qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot IMF, ILO, OECD va Jahon bankining 2024 2026-yillardagi hisobotlari va ilmiy ishlariga tayandi. ILOning 2025-yilgi yangilangan global indeksiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har to‘rt ishchidan biri GenAI ta’siriga ega kasbda band bo‘lib, ushbu ulush yuqori daromadli mamlakatlarda 34%, past daromadli mamlakatlarda 11% ni tashkil etadi. Jahon bankining 2026-yilgi bahosida GenAI sabab mavjud ish o‘rinlarining avtomatlashtirish xavfi yuqori daromadli mamlakatlarda 14,2%, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda 4,5%; AI orqali unumdorligi sezilarli oshishi mumkin bo‘lgan ishlar ulushi esa mos ravishda 18,7% va 16,2% deb baholangan. OECD G7 mamlakatlari uchun AI kelgusi o‘n yillikda yillik agregat mehnat unumdorligi o‘sishiga 0,4–1,3 foiz punkt qo‘shishi mumkinligini hisoblagan.
References
1. Cazzaniga, M., Jaumotte, F., Li, L., Melina, G., Panton, A. J., Pizzinelli, C., Rockall, E. J., & Tavares, M. M. (2024). Gen-AI: Artificial intelligence and the future of work. IMF Staff Discussion Note, 2024(001). https://doi.org/10.5089/9798400262548.006
2. Felten, E., Raj, M., & Seamans, R. (2023). Occupational heterogeneity in exposure o generative AI. SSRN.
3. Filippucci, F., Gal, P., Laengle, K., & Schief, M. (2025). Macroeconomic productivity gains from artificial intelligence in G7 economies. OECD Artificial Intelligence Papers, No. 41. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/a5319ab5-en
4. Gmyrek, P., Berg, J., Kamiński, K., Konopczyński, F., Ładna, A., Nafradi, B., Rosłaniec, K., & Troszyński, M. (2025). Generative AI and jobs: A refined global index

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.